Shuningdek, Yangi Toshkentda 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan, FIFA talablariga javob beradigan stadion qurilmoqda.
U kelasi yili 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining asosiy arenalaridan biri bo‘ladi.
Prezident davlat idoralarini Yangi Toshkentga ko‘chirish ishlarini boshlash, shuningdek, tadbirkorlar uchun zarur infratuzilma va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.






