1

O`zbekistonda bolalar orasida koronavirusga chalinish holatlari ko`paymoqda — OAV

Salomatlik 19.04.2021, 16:58
Teglar: bolalar orasida koronavirus
O`zbekistonda bolalar orasida koronavirusga chalinish holatlari ko`paymoqda — OAV

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bolalar soni keskin ko`paymoqda, hatto ular orasida o`lim holati ham qayd etilgan. Bu haqda «Rost24» nashri tomonidan tayyorlangan lavhada ma`lum qilindi.

Ma`lumotlarga ko`ra, 4 ming o`ringa mo`ljallangan Toshkent viloyatidagi Zangiota maxsus shifoxonasida shu vaqtgacha 37 mingga yaqin bemorlar davolanib sog`aygan. Ayni kunlarda shifoxona 35 foiz quvvatda faoliyat ko`rsatmoqda. 2020 yilning dekabr oyida bu erda 50 o`rinli bolalar bo`limi ham tashkil etilgan bo`lib, hozirda u 100 o`ringa kengaytirilgan.

Ta`kidlanishicha, oxirgi vaqtda bolalar orasida koronavirusga chalinganlar ko`payishi kuzatilmoqda. Mazkur ixtisoslashgan shifoxonada 2020 yilning dekabr oyida — 38 nafar, 2021 yilning yanvar oyida — 82 nafar, fevral oyida — 94 nafar va mart oyida esa 165 nafar, jami 465 nafar bola davolangan.

«Bolalar orasida COVID kasalligi ko`paydi deyish mumkin. Bundan tashqari, bolalarda pnevmoniya holatlari ham kuzatilmoqda. Ayni kunda bo`limimizda 27 nafar bolaning 13 nafar pnevmoniyadan davolanmoqda», — deydi shifoxonaning bolalar bo`limi boshlig`i o`rinbosari Hilola Alimova.

Shifokorlarning aytishicha, mazkur bo`lim ochilganida koronavirusga chalingan bolalarda klinik simptomlaridan quruq yo`tal va tana haroratining ko`tarilishi kuzatilgan. Oxirgi bir oy ichida esa bolalar ich ketishi bilan kelmoqda, ya`ni bolalarda holsizlik va tana haroratining ko`tarilish kuzatilyapti.

Ayni kunlarda davolanuvchilarning asosiy qismi 5 yoshgacha bo`lgan bolalar tashkil etmoqda. Shuningdek, maktab o`quvchilari ham bor.  «Bolalar oldingi uslubda ya`ni ancha engil muolajada davolanishmoqda, bakteriya bo`lsa, antibiotiklar qo`shiladi», — deydi Hilola Alimova.

Bolalar bo`limining jonlantirish bo`limida bemorlar yo`q. Kasallikka chalinganlar sog`aymoqda. Shu vaqtgacha Zangiota maxsus shifoxonasida bir nafar o`lim holati bo`lgan.

Ma`lumot uchun, Zangiota 1-shifoxonasida 860 nafar, 2-shifoxonada 632 bemor davolanmoqda, ammo shifokorlarning aytishicha, pnevmoniyani o`tkazib yuborgan holda kelayotganlar ko`p uchramoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1