Vaksinani qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar kamdan-kam hollarda emlanganda jiddiy asoratlar kelib chiqishi mumkin. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi ma`lumot berdi.
Emlashdan keyingi eng jiddiy reaksiyalardan biri anafilaksiya bo`lib, aynan emlangan vaksinani keyingi dozalarini qo`llash mumkin bo`lmagan yagona holatdir.
Ko`pchilik shunga o`xshash qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar, jumladan og`ir, o`tkir yuqumli kasalliklar (masalan, nafas yo`llarining o`tkir infeksiyalari) yoki steroidlar bilan davolash kurslari vaqtinchalik holatlar bo`lib, keyinroq emlashlarni o`tkazish mumkin.
️Bu qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar shartli yoki vaqtinchalik hisoblanadi (SanMvaQ-№0239-07 va vaksinani qo`llash yo`riqnomasiga qaralsin). Qo`llash mumkin bo`lmagan holatlardan farqli ravishda, ehtiyot choralari deyilganda. Emlashdan keyin paydo bo`lishi mumkin bo`lgan no`jo`ya ta`sirlar yoki emlanuvchining ayni vaqtdagi holatida emlish o`tkazish, o`tkazmaslikdan ko`ra qanchalik xavfsiz ekanligini aniqlash muhimdir (asosan homilador ayollar yoki immunetiti pasayganlar nazarda tutilmoqda).
️Ehtiyot choralari qo`llash mumkin bo`lmagan holat hisoblanmaydi.
Ba`zi hollarda vaksina preparatlari eslatma varaqalarida ko`rsatilgan ehtiyot choralari qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar sifatida noto`g`ri tushiniladi bu esa, emlashni o`z vaqtida o`tkazilishini orqaga suradi.