Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi ko`p qavatli uylarning birida yong`in kelib chiqdi. Bu haqda O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 7 may kuni soat 09:13 da Yunusobod tumani “Sevinch” MFYdagi ko`p qavatli uylarning birida, xonadon balkonidagi uy jihozlarida yong`in kelib chiqqan. Yong`indan uyning ushbu qismidagi 10 kvadrat maydoni zararlangan.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong`in-qutqaruv guruhi zudlik bilan etib borgan hamda qisqa fursatlarda yong`in bartaraf etilgan. Qutqaruvchilar tomonidan uyning 60 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Qayd etilishicha, ushbu holatning kelib chiqishiga yong`in xavfsizlik qoidalariga rioya etilmagani sabab bo`lgan.
Hodisadan jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.
04.02.2023, 10:15
Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...01.02.2023, 09:52
Too`kentda "Captiva" yonib ketdi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2023 yil 1 fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY...17.01.2023, 12:04
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni...13.01.2023, 09:20
Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...