AsosiyJamiyat

Farg`onada gilos eksporti boshlandi

Farg`ona viloyatida gilos eksporti boshlandi. Bu haqda Bojxona qo`mitasi axborot xizmati x...

'Farg`onada gilos eksporti boshlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyatida gilos eksporti boshlandi. Bu haqda Bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyatining Quva tumani va Quvasoy shaharlarida gilos pishgan. Gilosning erta pishar turlariga xorijiy davlatlarda ham talab kattaligi tufayli eksport qilish boshlangan.

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasining «Vodiy», «Marg`ilon» va «Quvasoy» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida allaqachon Rossiya, Qirg`iziston va Qozog`istonga chiqarilayotgan gilos eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan.

Ta`kidlanishicha, gilos juda nozik va tez buziluvchan meva hisoblanadi va uni yuqori haroratda hamda ko`p ushlab turish tovarning buzilishiga sabab bo`ladi. Shu sababli giloslarni tashish va yuklash ishlari, asosan, kechki vaqtlarda, ya`ni salqin ob-havoda tong otgunga qadar olib boriladi.

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2020 yilda qiymati 30 million dollariga teng 13 ming 360 tonna gilos eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan. Gilos, asosan, Rossiya, Xitoy, Koreya, Litva, BAA, Polsha, Ukraina, Belgiya, shuningdek, qo`shni Qirg`iziston va Qozog`istonga eksport qilingan.

Boshqa yangiliklar

'Tehron: “AQSh sulh rejimini qo‘pol ravishda buzdi”'ning rasmi

Jamiyat 26.05.2026 16:44

Tehron: “AQSh sulh rejimini qo‘pol ravishda buzdi”

Rasmiy bayonotga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari sulh kuchga kirganidan keyin ham “noqonuniy va asossiz harakatlarini” davom ettirgan.

''ning rasmi

Jamiyat 26.05.2026 15:21

'Ertaga Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi aytilmoqda'ning rasmi

Jamiyat 26.05.2026 13:12

Ertaga Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi aytilmoqda

Mazkur jarayonlar oqibatida atmosfera havosida chang zarrachalari, ayniqsa, atmosfera tarkibida PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatli ortishi kuzatilishi mumkin.

'Rossiyadagi mahbuslar jazoni O‘zbekistonda o‘tashni so‘radi'ning rasmi

Jamiyat 26.05.2026 05:50

Rossiyadagi mahbuslar jazoni O‘zbekistonda o‘tashni so‘radi

Mahbuslar Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan harbiy harakatlarda qatnashish evaziga jazodan ozod qilish va yuqori maosh taklif etilayotgani haqida maʼlum qilishdi.

'"Centrum Air" va "Qanot Sharq" faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandi'ning rasmi

Jamiyat 26.05.2026 04:29

"Centrum Air" va "Qanot Sharq" faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Aviaqatnovlar bo'yicha yo'lovchilardan tushayotgan shikoyatlar soni o'tgan 4 oyi ichida 145 taga yetgan.

'O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi'ning rasmi

Jamiyat 25.05.2026 17:55

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma'lum qildi.