Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, “Mening yurtim” telekanali hamda “Fan entertainment” kinostudiyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Qodirxon” milliy serialining namoyishlari nihoyasiga etdi.
Mazkur serial 120 qismdan iborat bo`lib, melodrama janrida suratga olingan. Postanovkachi rejissyor Nusrat Abdurasulov, ssenariy muallifi va ikkinchi rejissyor Muslim Ali, prodyuser Baxtiyor Fattohov, operator Tohir Abdullaev, badiiy rahbar Musaxon Nurmatov, montaj rejissyori Hojiakbar Nurmuhammedov.
Barcha qismlar “Mening yurtim” telekanalida efirga uzatildi. Ushbu loyiha agentlikning xususiy telekanallar bilan hamkorlikdagi ilk loyihasi bo`ldi. Hozirda yana hamkorlikda “Orzular palatasi”, “Tuzoq”, “Ona zamin” kabi milliy seriallar suratga olinmoqda.