“O`zkomnazorat” Axborot xizmati xabariga ko`ra, ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyati O`zbekiston hududida cheklandi.
Xabarda aytilishicha, “Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O`zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma`lumotlariga ishlov berilayotgani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar 2021 yil 2 iyuldan “Shaxsga doir ma`lumotlar sub`ektlari huquqlarini buzuvchilar reestri”ga kiritildi va Internet tarmog`ida mazkur resursdan O`zbekiston hududida foydalanish o`rnatilgan tartibda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklandi.