Mamlakatimizdagi mavjud epidemiologik holatni inobatga olgan holda mas`ul tashkilotlarning takliflariga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan umumiy emlash ishlariga jalb etilgan aholi guruhlari qatori kengaytirildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Unga ko`ra:
- 18 yoshdan katta bo`lgan Samarkand va Toshkent viloyati aholisini, shuningdek, imkoniyatdan kelib chiqib, boshqa hududlardagi 18 yoshdan katta aholi qatlamini o`zlari biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida ixtiyoriy ravishda emlash belgilandi;
- Yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan barcha davlat va nodavlat oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan 18 yoshdan katta bo`lgan, bugungi kunda bakalavriatura, magistratura, klinik ordinatura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarni Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash belgilandi.
- ️Yana bir yangilik: koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan to`lov kontrakt asosida o`qiydigan talabalarga tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`i nazar, 2021/2022 o`quv yili uchun bazaviy to`lov kontarktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.