1

Zotiljam kasalligi ko`payayotganligining sabablari ma`lum qilindi

Salomatlik 07.07.2021, 16:46
Zotiljam kasalligi ko`payayotganligining sabablari ma`lum qilindi

Zotiljam (pnenvmoniya) kasalligi ko`payayotganligining sabablari ma`lum qilindi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva bu borada batafsil ma`lum berdi.

Koronavirus kasalligi bilan birga zotiljam (pnevmoniya) kasalligi ham ko`payayotganligi rostmi?

Ha, rost. Shifokorlar koronavirus bilan bir vaqtda boshqa infeksion omil, ya`ni turli boshqa virus va bakteriyalar chaqirgan zotiljam kasalligi bilan ham kurashishiga to`g`ri kelmoqda.  To`g`ri, bu kasallik xuddi koronavirusga o`xshab shamollash alomatlaridan boshlanadi, lekin uning kechuvi va organizmdagi o`zgarishlarida tafovutlar bo`ladi.

Hozirgi mavsumda zotiljam kasalligining ortishi inson organizmida moyillik bor holatda, bugungi jazirama issiq kunlari haddan ortiq muzdek dush qabul qilib yoki basseynda cho`milib, so`ng me`yoridan ortiq kondisionerlardan foydalanish, muzlatgichdan yaxlatilgan ichimliklarni iste`mol qilish oqibatidandir.  

Shu bilan birga, anomal issiq kunlar insonda qon quyulish holatlarini ko`paytiradi, bu esa o`z o`rnida yurak qon-tomir kasalliklarining ko`payishini ham keltirib chiqarishi mumkin.

Qon quyulishi esa koronavirus infeksiyasi uchun juda qulay sharoitdir va agarda virus organizmga tushsa, og`ir darajaga o`tib ketishi oson bo`ladi.

Shu sabab, koronavirus infeksiyasi bilan birga, issiq kunlarda inson organizmida kelib chiqishi mumkin bo`lgan boshqa kasalliklardan ham o`zingizni himoya qilishingizni so`raymiz.  

Bunda, doimiy ravishda iliq yoki issiqroq suyuqliklarni ichib turish kerak, shuningdek, sog`lom ovqatlanish, ya`ni ovqat rasionida meva va sabzavotlarni ko`paytirish, engil hazm bo`luvchi ovqatlarni iste`mol qilish, kunning quyosh tik turgan vaqtlarida tashqarida yurishdan saqlanish, spirtli ichimliklar iste`molini cheklash hamda kondisionerlardan unumli va samarali foydalanish zarurdir.

Buyuk Britaniyada 19 iyuldan karantin qoidalari olib tashlanishi belgilanmoqda ekan, degan xabarlar mavjud, buning sababi nima?

Buyuk Britaniya birinchilar qatorida 2020 yil sentyabr-oktyabr oylarida aholisini ommaviy vaksinasiya qilishni boshlagan edi. Vaksinasiya bilan qamrab olish jarayoni aholi orasida koronavirusning “britancha” shtammi juda keng tarqalayotgan vaqtga to`g`ri keladi. Shu davrda u erda kasallanish va o`lim holatlari soni juda ko`paygan davr edi.  

Bugungi kunga kelib, Buyuk Britaniya haqiqatan ham 19 iyuldan karantin talablarini olib tashlashni rejalashtirayotgani to`g`risida maqolalar mavjud. Maqolada Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri katta yoshli aholining 86%i  vaksinasiyaning birinchi bosqichi bilan qamrab olinganligi, bu esa ommaviy immunitet hosil qilishi uchun etarli ko`rsatkich bo`la olishini asos sifatida keltiradi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1