AsosiyDunyo
3615

Dunyo bo`yicha qancha vaksina qo`llanilgani ochiqlandi

'Dunyo bo`yicha qancha vaksina qo`llanilgani ochiqlandi'ning rasmi

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 512 231 yangi holati aniqlandi.8 644 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi  ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni  192 million 694 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  ulardan 4 million 138 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:

  • AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,875 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan,  
  • Ikkinchi o`rinda Hindiston (31,257 milliondan ortiq),  
  • uchinchi o`rinda Braziliya (19,419 milliondan ortiq),
  • to`rtinchi o`rinda Rossiya (6,054 milliondan ortiq),
  • beshinchi o`rinda esa Fransiya (5,791 milliondan ortiq).

 

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 46 507, Hindistonda 41 383, Braziliyada 27 592, Rossiyada 24 471, Fransiyada 21 387 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 

 Jons Xopkins universitetining ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 3 milliard 771 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar