Hukumat qarori bilan ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to`langan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan to`liq qoplab berish tartibi to`g`risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko`ra, ish beruvchilar tomonidan to`langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ularning yosh xodimlari quyidagi talablarga mos kelishi kerak:
Ish beruvchi tomonidan ariza u soliq to`lovchi sifatida ro`yxatda turgan soliq organiga ijtimoiy soliq hisoboti taqdim etilganidan keyin 3 oydan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Ariza kelib tushgan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida arizaning talablarga muvofiq yoki muvofiq emasligi o`rganiladi.
To`langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish to`g`risidagi qaror qabul qilinganda, avtomatlashtirilgan dasturda 1 ish kunida soliq organining xulosasi shakllantiriladi.
Mazkur nizom 2021 yil 1 maydan 2023 yil 15 yanvargacha to`langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berishga nisbatan tatbiq etiladi.
Bunda 2022 yil dekabr oyi uchun to`langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati 2023 yil 1 aprel kuni etib belgilanadi.
Mazkur tartib byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg`armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo`lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
Nizom 2023 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
15.10.2021, 01:22
Facebook, Google, Apple va boshqa bir qancha xorijiy kompaniyalar O`zbekistonga soliq to`ladi. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi rasmiy ma`lumot berdi. Unga ko`ra, O`zbekistonga Facebook - 7,6 milliard, Google -...01.10.2021, 21:49
31 avgustda Prezidentning “Qurilish materiallari sanoatini qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori qabul qilingan edi. Unga ko`ra:2021 yil 1 oktyabrdan sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig`ining stavkasi...30.09.2021, 13:17
Ayni damda Senatning o`n to`qqizinchi yalpi majlisi bo`lib o`tmoqda.Unda “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun muhokama qilindi. Bu haqda Senat...26.08.2021, 16:05
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi soliq to`lovchilar uchun muhim ma`lumot e`lon qildi.Tadbirkorlik subektlarining takliflariga muvofiq yillar davomida (3 yildan ortiq) faoliyatini amalga oshirmayotgan xo`jalik subektlarini...