O`zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o`tkaziladigan barcha futbol musobaqalari muxlislarsiz o`tkaziladigan bo`ldi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabariga tayanib Qalampir.uz xabar bermoqda.
“Mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan shu yinlning 5 iyul sanasida e`lon qilingan Respublika maxsus komissiyasining sport turlari bo`yicha musobaqalarni muxlislarsiz o`tkazish bo`yicha qarori asosida O`zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o`tkaziladigan barcha futbol musobaqalari muxlislarsiz o`tkaziladi”, deyiladi xabarda.
O`zbekiston superligasi bahslari joriy yilning 30 iyul kunidan boshlanadi va muxlislar o`yinlarga kiritilmaydi.
Ma`lumot o`rnida, 12-turdan so`ng Superliga jadvalida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi 32 ochko bilan etakchilik qilmoqda. 25 ochko to`plagan Olmaliqning OKMK jamoasi ikkinchi pog`onani egallab turibdi. Uchinchi va to`rtinchi o`rinda borayotgan Qarshining “Nasaf” hamda Jizzaxning “So`g`diyona” klubi hisobida 23 ochko mavjud.