AsosiyJamiyat

Rossiyada ishlash istagida bo`lgan o`zbekistonliklar uchun bo`sh ish o`rinlari taklif etildi

'Rossiyada ishlash istagida bo`lgan o`zbekistonliklar uchun bo`sh ish o`rinlari taklif etildi'ning rasmi

Joriy yilning 9 avgust kuni Rossiya Federasiyasining «KAMAZ» aksiyadorlik jamiyati vakillari ushbu davlatda ishlash istagida bo`lgan fuqarolarni tanlov asosida ishga jalb qilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu tanlov davom etayotganligi va Rossiya Federasiyasida ishlash istagida bo`lgan fuqarolardan xorijga chiqish biometrik pasporti (qizil pasport) bilan ishtirok etishlari so`raladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi. 

Bo`sh ish o`rinlari:

Chilangar (slesar mexanosborochnx rabot);

Shtamplovchi (shtampovshik);

Yuk tashuvchi (transportirovshik).

Tanlov o`tkaziladigan hududlar:

11 avgust kuni:

  • Samarqand shahar, Narpay ko`chasi, 7V-uy (mo`ljal: Kimyogarlar qo`rg`oni). "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. Murojaat uchun: (66) 233-24-00, (66) 233-53-00.
  • Namangan shahri, Nodira ko`chasi 3-uy (Sardoba bozor, Zangori ekran yonidagi BKM binosida). Murojaat uchun: (69) 227-94-64, (69) 227-97-27.

12 avgust kuni:

  • Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko`chasi 44-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. (Mo`ljal: Jizzax "O`rda bog`i" yonida, Bouling ro`parasida). Murojaat uchun: (72) 223-81-59.
  • Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq MFY, Qumariq shoh ko`chasi 1-uy. Murojaat uchun: (55) 900-33-10.

13 avgust kuni:

  • Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Xondamir ko`chasi, 49-uy. (Monomarkaz binosi) Murojaat uchun: (67) 225-55-59.
  • Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz ko`chasi, 34-uy (Yapon markazi binosi). Murojaat uchun: (71) 236-30-40.

Ma`lumot uchun, tanlovlar bugun, 10 avgust kuni Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida o`tkazilmoqda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar