AsosiyJamiyat

Nega koronavirusdan davolangandan keyin ham (pzr) test musbat natija ko`rsatadi? SSV javob berdi

'Nega koronavirusdan davolangandan keyin ham (pzr) test musbat natija ko`rsatadi? SSV javob berdi'ning rasmi

Ma`lumki, ba`zida bemor koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`aygandan keyin ham unda (PZR) test musbat natija ko`rsatadi. Xo`sh, bu nima bilan bog`liq? Umuman olganda (PZR) test qancha vaqt musbat bo`lishi mumkin?

Ushbu savolga Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi, tibbiyot fanlari doktori Ra`no QOSIMOVA javob berdi:

— Odatda ko`pgina bemorlarda koronavirus kasalligining 10-14 kunidan keyin burun va xalqumdan olingan (PZR) test manfiy natija ko`rsatadi. Lekin ayrim paytlarda mazkur test natijasi musbat bo`lishi ham mumkin. Ya`ni, ba`zida shunday bemorlar bo`ladiki, bu holat ularda bir, hatto ikki oygacha  ham davom etishi mumkin. Xo`sh, bu nima bog`liq?! Avvalo shuni aytish kerakki, agar bemor koronavirusdan davolangandan keyin o`zini butunlay sog`lom his etsayu, biroq unda (PZR) testdan so`ng “COVID-19” virusi aniqlansa, bu insonda virusning qoldiqlari borligi va juda kam miqdorda ekanini bildiradi. Shunday bo`lsa-da, bunday insonlar yon-atrofidagilar salomatligiga jiddiy xavf tug`dirmaydi. Ya`ni, bu paytda bemorning burni va halqumida “COVID-19” virusi yuklamasi kam miqdorda bo`lib, odamlarga yuqmaydi. Ma`lumot o`rnida aytish lozimki, polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) virusning RNKsini aniqlab beruvchi test hisoblanib, juda yuqori natija ko`rsatadi. Ushbu test nafaqat tirik, balki organizmdagi o`lik viruslarni ham aniqlay oladi.

Boshqa yangiliklar