AsosiyJamiyat

Eng ko`p benzin qaysi viloyatda ishlab chiqarilgani ma`lum qilindi

'Eng ko`p benzin qaysi viloyatda  ishlab chiqarilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbeksitonda 2021 yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 546,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.  

O`tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmidagi o`sish 104,6 % ni tashkil etgan.

Avtomobil benzini ishlab chiqarish 2021 yilning:  

- yanvar oyida 93,9 ming tonna (o`sish sur`ati 100,3 foiz);

- yanvar-fevral oylarida 185,3 ming tonna (97,4 foiz);

- yanvar-mart oylarida 291,3 ming tonna (103,0 foiz);

- yanvar-aprel oylarida 368,6 ming tonna (100,8 foiz);

- yanvar-may oylarida 456,2 ming tonna (103,4 foiz)ni tashkil etgan.

 Avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan benzinning jami hajmida eng yuqori ulushlar Buxoro viloyati 78,8 %, Farg`ona viloyati 21,1 %, hamda 0,1 % bilan Qashqadaryo viloyati hissasiga to`g`ri kelgan.

Boshqa yangiliklar