Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanes O`zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo`ladi. Bu haqda O`FA xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, bir qancha xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchikovlik bilan o`rganib chiqilgan. Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislar tahlil va tavsiyasiga ko`ra sloveniyalik tajribali murabbiy Srechko Katanes nomzodi ma`qul deb topgan.
O`FA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og`zaki kelishuvga erishdi va kelayotgan hafta Srechko Katanes o`zaro muzokaralarning yakuniy bosqichini o`tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda.