Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 16,5 mln. dollarga teng bo`lgan gilam eksport qilgan.
Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 6,3 mln. AQSh dollariga ko`p.
2021 yilning yanvar-iyun oylarida O`zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Qirg`iz R. – 4,9 mln;
- Ozarbayjon – 3,7 mln;
- Afg`oniston – 2,4 mln;
- Rossiya – 1,9 mln;
- Saudiya Arabistoni – 1,5 mln;
- Qozog`iston – 1,3 mln;
- Tojikiston – 288,3 ming;
- AQSh – 169,3 ming;
- Ukraina – 141,9 ming;
- Turkiya – 114,7 ming AQSh dollari,
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 15 ta xorijiy davlatlarga gilam eksport qilgan.