Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati 20,2 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 15,3 ming tonna choy import qilgan.
O`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda choy importi 2,7 mln. AQSh dollariga oshgan.
O`tgan olti oy mobaynida O`zbekiston choy mahsulotini eng ko`p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 12,1 ming tonna;
- Keniya – 1,1 ming tonna;
- Eron – 575,7 tonna;
- Indoneziya – 347,4 tonna;
- Hindiston – 337,4 tonna;
- Vetnam – 254,6 tonna;
- Rossiya – 216,9 tonna;
- Shri-Lanka – 211,4 tonna;
- BAA – 148,9 tonna.