1

Moliya vazirligi: "Tashabbusli byudjet" loyihasiga fuqarolardan jami 41 125 ta takliflar kelib tushgan

Iqtisodiyot 20.08.2021, 18:58
Teglar: Moliya vazirligi
Moliya vazirligi: "Tashabbusli byudjet" loyihasiga fuqarolardan jami 41 125 ta takliflar kelib tushgan

Bu haqda AOKAda Moliya vazirligi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Takliflarning eng ko`pi 13 853 tasi ichki yo`llarni ta`mirlash, 6 798 tasi taklif umumta`lim maktablarini ta`mirlash va jihozlash, 5 649 ta taklif ko`chalarni yoritish tizimi, 4 424 ta taklif ichimlik suvi ta`minotini yaxshilash bilan bog`liq muammolarni tashkil etgan.

Hozirda tashabbusli byudjet jarayonining 3-bosqich ya`ni ovoz berish jarayoni o`tkazilyapti. Fuqarolar joriy yilning 2 sentyabriga qadar o`zlarini qiziqtirgan takliflarga ovoz berishlari mumkin bo`ladi.  

Har bir shaxs faqatgina bir marotaba ovoz berish xuquqiga ega bo`ladi. Bugungi kunga kelib fuqarolar tomonidan 100 mingdan ortiq ovozlar berildi. Bu bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich Farg`ona viloyatiga (20 446) to`g`ri kelsa, eng past ko`rsatkich Sirdaryo viloyatiga (1 962) to`g`ri kelmoqda.

Shu bilan birga, fuqarolarga ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etishlariga imkoniyat yaratish maqsadida 3 xil ko`rinishda ovoz berish shakli tadbiq etilgan bo`lib, jumladan fuqarolar portaldan ro`yxatdan o`tgan holda, SMS-qisqa xabar orqali, oflayn ko`rinishda o`z ovozlarini berishlari mumkin.  

Bugungi kunga kelib jami kelib tushgan ovozlarning qariyb 55 foizi onlayn ko`rinishda, 45 foizi SMS qisqa xabar orqali kelib tushgan ovozlarni tashkil etmoqda. Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko`ra, har bir tuman va shaharda eng ko`p ovoz to`plagan takliflar g`olib deb topiladi va ushbu tadbirlarni moliyalashirish uchun mablag` ajratiladi.

Sharhlar

Moliya vazirligi "Ochiq byudjet" portalining yangilangan shaklini taqdim etdi (foto)

10.07.2021, 14:20

Joriy yilning 9 iyul kuni Moliya vazirligida byudjet ma`lumotlarining ochiqligini oshirish, shuningdek, yangilangan "Ochiq byudjet" axborot portali taqdimotiga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi. Bu haqda "Darakchi.uz"...
Moliya vazirligi MHXS standartlarini qo`llash bo`yicha xalqaro ekspertlar fikrini e`lon qildi

14.03.2021, 14:06

Moliya vazirligi MHXS stardartlarini qo`llash bo`yicha korxonalarni qo`llab quvvatlash maqsadida www.buxgalter.uz va MHXS bo`yicha ekspert mutaxassislar bilan hamkorlikda MHXS standartlarining qoidalari bo`yicha ekspertlar fikrini  e`lon...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1