Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekistonga xorijdan 432 ta elektromobil import qilingan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 364 taga ko`p.
2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy – 388 ta;
- Turkiya – 24 ta;
- AQSh – 6 ta;
- Koreya – 5 ta;
- Germaniya – 4 ta;
- Litva – 1 ta;
- Ispaniya – 1 ta;
- Rossiya – 1 ta;
- Gongkong – 1 ta;
- BAA – 1 ta;
Ma`lumot o`rnida, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida import qilingan elektromobillar uchun 7,7 mln. AQSh dollari sarflangan.