AsosiyJamiyat

Innavasion rivojlanish vazirligining vazifalari belgilandi

'Innavasion rivojlanish vazirligining vazifalari belgilandi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 27.08.2021 yildagi “Ilmiy va innovasion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 545-son qarori qabul qilindi.

Hujjat Prezidentning “Ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish bo`yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to`g`risida” 2021 yil 1 apreldagi PF-6198-son Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • uzoq muddatli ssenariylar asosida ustuvor soha va tarmoqlarga ilm- fan yutuqlarini tatbiq etish va mamlakatning innovasion rivojlantirishning strategiyasini ishlab chiqish;
  • hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovasion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalarni shakllantirish;
  • ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish;
  • ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;
  • yoshlarni ilmiy va innovasion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash;
  • ilmiy va innovasion loyihalarni amalga oshirishda investisiyalarni jalb etish, xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish.

 

Qaror bilan quyidagilarni belgilaydigan O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi:

  • Vazirlikning maqomi va tuzilmasi;
  • Vazirlik va uning markaziy apparati, hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari hamda majburiyatlari;
  • Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, shu jumladan, vazir o`rinbosarining soha yo`nalishlari bo`yicha asosiy vazifalari hamda javobgarligi;
  • Vazirlik faoliyatining tashkiliy asoslari, hisobdorligi, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari, hay`at va boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari faoliyatini tashkil etish tartibi;
  • Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy rag`batlantirish tartibi.

 

Davlat boshqaruvi organlari va xo`jalik birlashmalari rahbar o`rinbosarlarining biriga innovasiyalarni joriy etish bo`yicha qo`shimcha vazifalarni bajarish yuklatildi. Ularning tuzilmasida bir oy muddatda innovasion faoliyat bilan shug`ullanishga mas`ul bo`linma tashkil etish topshirildi.

Boshqa yangiliklar