Tatariston Respublikasining Qozon shahrida bo`lib o`tayotgan Birinchi MDH o`yinlarining boks bellashuvlarida o`zbekistonlik 5 nafar bokschi chorak finalda raqiblarini mag`lub etib yarim finalga yo`l olishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi "Darakchi.uz"ga xabar berdi.

Xabarga ko`ra:
- Javohir Kuysinov armanistonlik raqibi D.Safaryanni 5:0 hisobida;
- Sayat Ilyasov armanistonlik raqibi K.Chapayanni 5:0 hisobida;
- Farruh To`laganov Ozarboyjon vakili M. Gasimzadeni 3:2 hisobida;
- Bunyodjon Amirov belaruslik M.Juravlyovni 4:1 hisobida;
- Zafarbek Shaxbozov Rossiya vakili Denis Bogomolovni 3:2 hisobida mag`lub etdi.

Afsuski, 52 kg vazn toifasida Mehroj Istamtoshev armanistonlik raqibi A.Xachataryanga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bundan tashqari Azizbek Buriboev rossiyalik raqibiga mag`lub bo`ldi, hisob 5:0.

Temurbek Abdulvahobov qozog`istonlik raqibiga 5:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Abdulaziz Abduraxmanov armanistonlik raqibi D.Simonyanga qarshi ringga chiqdi va 2:3 hisobida mag`lub bo`ldi.

Shunday qilib, bugun, 2 sentyabr kuni 5 nafar o`zbekistonlik bokschi yarim final jangida ishtirok etadigan bo`ldi.





