AsosiyIqtisodiyot

O`zbekiston Ozarbayjonga 19,2 mingta kondisioner eksport qilgan

'O`zbekiston Ozarbayjonga 19,2 mingta kondisioner eksport qilgan'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 7,5 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 34,3 mingta kondisioner eksport qilgan.

Kondisioner eksporti o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 mln. AQSh dollariga oshgan.

O`zbekiston 2021 yilning 7 oyida kondisioner eksport qilgan davlatlar:

  • Ozarbayjon – 19,2 mingta
  • Tojikiston – 6,4 mingta
  • Rossiya – 3,4 mingta
  • Turkmaniston – 1,8 mingta
  • Qirg`iz R. – 1,5 mingta
  • Qozog`iston – 1,3 mingta
  • Moldova – 487 ta
  • Turkiya – 100 ta
  • Yaman – 99 ta
  • Afg`oniston – 65 ta
  • Armaniston – 6 ta

2021 yilning dastlabki 7 oyida kondisioner eksport qilgan hududlar:

  • Toshkent shahri – 6,6 mln.
  • Toshkent viloyati – 819,8 ming
  • Andijon viloyati – 1,2 ming AQSh dollari

Boshqa yangiliklar