AsosiyJamiyat

1-kursga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv haftaligi 6 sentyabrdan boshlanadi

'1-kursga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv haftaligi 6 sentyabrdan boshlanadi'ning rasmi

2021/22-o`quv yilida talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun OTMda 6 sentyabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13 sentyabrdan e`tiboran o`quv rejaga muvofiq dars mashg`ulotlari boshlanadi.

Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Vazirlikning qayd etishicha, yangi o`quv yilidan boshlab barcha oliy ta`lim muassasalarining 1-kurs talabalari uchun o`quv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi.

Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o`quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, OTMning ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.

Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida bo`lgan talabalarning OTMga etib kelishi, turar joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi.

Yuqori kurs (1-kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashg`ulotlari umumiy tartibda 6 sentyabrdan boshlanadi.

Boshqa yangiliklar