Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,0 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 196,4 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.
Kofe mahsulotlari importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,8 tonnaga oshgan.
O`tgan 7 oy mobaynida import qilingan kofe mahsulotlarining eng katta ulushiga ega bo`lgan davlatlar:
Rossiya – 57,4 tonna
Italiya – 52,6 tonna
Braziliya – 34,0 tonna
Vetnam – 22,6 tonna
Belorus – 13,1 tonna
Germaniya – 2,8 tonna
Turkiya – 2,7 tonna
Kolumbiya – 1,7 tonna






