AsosiyJamiyat

Toshkentda talabalar bilan bog`liq qanday muammo bo`lmoqda? Vazir holatni tezkor o`rgandi

6 sentyabrdan barcha oliy ta`lim muassasalarida yangi o`quv yili an`anaviy shaklda boshlan...

'Toshkentda talabalar bilan bog`liq qanday muammo bo`lmoqda? Vazir holatni tezkor o`rgandi'ning rasmi

6 sentyabrdan barcha oliy ta`lim muassasalarida yangi o`quv yili an`anaviy shaklda boshlandi. Ushbu jarayonda asosiy oliygohlar joylashgan Toshkent shahri talabalar bilan gavjumlashdi va ular bilan bog`liq qator muammolar yana ko`paydi.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoq va internet saytlari orqali ham talabalar turar-joylarida joylar cheklangani, oliy ta`lim muassasalari talabalarga sababsiz yotoqxonalardan joy berilmayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

 Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov vaziyatni joyiga chiqib  o`rgandi.

Jumladan, vazir A.Toshqulov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo`lib,  universitetning umumiy sig`imi 867 o`ringa mo`ljallangan ikkita talabalar turar-joyi bilan yaqindan tanishdi va yoshlarga yaratilgan sharoitlarni hamda hududlardan kelayotgan talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish holatini o`rgandi.

Hozirgi kunda universitetning talabalar turar-joyida jami 867 nafar talabalar yashashi uchun to`liq sharoitlar yaratilgan bo`lib, bugungi kungacha yotoqxonalarda hududlardan kelgan 686 nafar talaba, jumladan, 121 nafari imtiyoz asosida, shundan, 44 nafari – nogiron, 38 nafari – Temir daftar, 29 nafari – chin etim joylashtirilgani bo`yicha ma`lumot berilgan.

O`rganish davomida joriy yilning 20 sentyabr sanasida foydalanish uchun topshirishga mo`ljallangan 380 o`rinli talabalar turar-joyining kapital ta`miri va jihozlash ishlari bilan tanishilgan.

Talabalar turar-joylarining qamrovini oshirish yuzasidan, xususan, 2 qavatli krovatlar sonini ko`paytirish evaziga yana ko`plab o`rinlar ajratish mumkinligi ta`kidlanib, shular bo`yicha aniq ko`rsatmalar berilgan.

Boshqa yangiliklar