AsosiyIqtisodiyot

Bu yil paxta terimi uchun qancha haq to`lanishi belgilandi

'Bu yil paxta terimi uchun qancha haq to`lanishi belgilandi'ning rasmi

O`zbekiston paxta-to`qimachilik klasterlari uyushmasi raisining birinchi o`rinbosari Sa`dulla Tojievning ma`lum qilishicha, bu yilgi paxta yig`im-terimi mavsumida qo`lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1200 so`mdan, ikkinchi terimda 1500 so`mdan kam bo`lmagan miqdorda mehnat haqi to`lash belgilandi.

Shuningdek, ma`lum qilinishicha, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatining chekka tumanlarida terimchilarni qo`shimcha jalb qilish maqsadida qo`lda terilgan xar bir kilogramm paxta xom ashyosi uchun Respublika byudjeti qo`shimcha manbalari hisobidan 230 so`mdan ustama haq to`lanishini ta`minlanadi.

Ma`lumot uchun, klasterlar o`zlariga biriktirilgan xududlarda terim pulini mustaqil belgilashi, ya`ni tavsiya etilayotgan narxlardan yuqori miqdorda haq to`lashlari ham mumkin.

    Boshqa yangiliklar