2020 yil 6 martdagi “G`alla etishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezidentning PQ-4634-sonli qaroriga muvofiq Qishloq xo`jaligi vazirligi hamda O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashiga jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlarini tahlil qilgan holda kelgusi yil g`alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlarni e`lon qilish vazifasi yuklatilgan.
Jahon bozori hamda mintaqaviy tovar birjalaridagi g`alla xarid narxlari tahlil qilindi va mahalliy xarajatlarni inobatga olgan holda kelgusi 2022 yil g`alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlar ishlab chiqildi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.
Qishloq xo`jaligi vazirligi hamda O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi 2022 yil kutilayotgan minimal narx 1 tonna g`alla hosili uchun 2,5 mln. so`m bo`lishini e`lon qiladi.
Mazkur minimal narx tavsiyaviy xarakterga ega bo`lib, g`alla etishtiruvchi va uni qabul qiluvchi sub`ektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida g`alla xarid narxlarini o`zaro manfatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilaydilar.
Shuningdek, ma`lum qilinishicha, bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda kutilayotgan minimal narxga tuzatishlar kiritilib, ommaviy axborot vositalari orqali e`lon qilib boriladi.
Eslatib o`tamiz, sal avval bu yil paxta terimi uchun qancha haq to`lanishi ma`lum qilingan edi.






