Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 258,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 12,2 mingta engil avtomobillar import qilgan.
Engil avtomobillar importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5983 taga kamaygan.
2021 yilning o`tgan 7 oyi mobaynida O`zbekiston engil avtomobillarni eng ko`p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 3 751 ta
- Koreya – 3 187 ta
- Rossiya – 2 589 ta
- Qozog`iston – 1 330 ta
- Polsha – 386 ta
- Litva – 312 ta
- Tailand – 250 ta
- AQSh – 238 ta
- Germaniya – 70 ta
- Yaponiya – 56 ta
Ma`lumot o`rnida, 2021 yilning 7 oyida qiymati 7,7 mln. AQSh dollariga 432 ta elektromobil import qilingan.