Bugun, 9 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yig`ilishi o`tkazildi.
Unda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirish to`g`risida qaror qabul qilindi.
Ma`lum qilinishicha, batafsil tafsilotlar bugun soat 15:00 da e`lon qilinadigan rasmiy press-relizda tma`lum qilinadi.
Eslatib o`tamiz, bundan avval joriy yil 29 iyul kuni ham Markaziy banki Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirgan edi.