Kuni kecha adiblar xiyobonida O`zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haqidagi "Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi.
Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK studiyasi hamda O`zbekiston jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan, deya xabar bermoqda agentlik.
Premeradan avval, shoir ijodidan o`zbek, rus va ingliz tillarida she`riy parchalar ijro etilgan. Shundan so`ng, film namoyishi bo`lib o`tgan.
Ma`lum bo`lishicha, “Qalbi o`zbek rus shoiri” hujjatli filmida o`zbek milliy adabiyoti va san`atining taniqli vakillaridan intervyular, shoir ijodiga mansub she`riy parchalar va xronolik ma`lumotlardan foydalaniladi.
"Rejissyor Aleksandr Gamirov, ssenariy muallifi Go`zal Pirjonova, operator Umid Malikov, ikkinchi administrator Gulnora Abdurahimova, kartina direktori Anastasiya Xavanskaya, rejissyor assistentlari Jahongir Raupov, Erjanbay Kurbaniyazov.
Barcha premeralar “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o`tkazilmoqda", deyiladi xabarda.