AsosiyJamiyat

Prezidentlikka nomzodlarning OAVda chiqish tartibi tasdiqlandi

Prezidentlikka nomzodlarning OAVda chiqish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy say...

'Prezidentlikka nomzodlarning OAVda chiqish tartibi tasdiqlandi'ning rasmi

Prezidentlikka nomzodlarning OAVda chiqish tartibi tasdiqlandi. 

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining kotibi  Xudoyor Mamatov ma`lum qildi.

Unga ko`ra, saylovoldi tashviqoti davrida O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilanmoqda:

  • Birinchi – O`zbekiston Ekologik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Narzullo Naimovich OBLOMURADOV;
  • ikkinchi – O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Maksuda Azizovna VARISOVA;
  • uchinchi – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati–O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Shavkat Miromonovich MIRZIYoEV;  
  • to`rtinchi – O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Alisher Keldievich QODIROV;
  • beshinchi – O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod – Bahrom Abdurahimovich ABDUHALIMOV.

Boshqa yangiliklar