Davlat statistika qo`mitasining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning 1 sentyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda jami 729,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,1 % ga oshgan.
Oylar kesimida avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi:
- yanvar – 93,9 ming tonna,
- yanvar-fevral – 185,3 ming tonna,
- yanvar-mart – 291,3 ming tonna,
- yanvar-aprel – 368,6 ming tonna,
- yanvar-may – 456,2 ming tonna,
- yanvar-iyun – 546,5 ming tonna,
- yanvar-iyul – 632,2 ming tonna,
- yanvar-avgust – 729,4 ming tonnani tashkil etgan.