Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining yig`ilishida O`zbekistonda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma`naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o`tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, tegishli mutasaddi tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, to`y va oilaviy marosimlarni o`tkazish bo`yicha ilgari belgilangan cheklovlar yumshatilib, shu yilning 20 sentyabridan to`yxonalarda oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni o`tkazish 100 kishidan ko`p bo`lmagan hamda sanitariya va gigiena talablariga qatiy rioya etgan holda o`tkazilishiga ruxsat berildi.
Eslatib o`tamiz, 1 avgustdan to`yxonalarda oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni o`tkazish 50 kishidan ko`p bo`lmagan holda o`tkazishga ruxsat berilgan edi.