AsosiyJamiyat

Prezident Qoraqalpog`istonda kursdoshi bilan uchrashib qoldi

'Prezident Qoraqalpog`istonda kursdoshi bilan uchrashib qoldi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 21 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog`iston Respublikasiga keldi.

Ayni paytda esa davlat rahbari Bo`zatov tumanida aholi bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. 

Fuqarolar bilan uchrashuv chog`ida suhbatdoshlar orasida prezident Shavkat Mirziyoevning institutda birga tahsil olgan kursdoshi ham bor ekan.

Do`stona uchrashuv va iliq suhbatdan so`ng kursdoshiga qarab: "Barcha, qolgan kursdoshlarimizga ham salom ayting", - deya prezidentning so`zlarini keltirmoqda "Darakchi" muxbiri. 

Shuningdek, davlat rahbari aholi xonadonlaridan birida bo`ldi va hudud bilan bog`liq o`z rejаlarini bayon qildi. 

"Daraxtlarning sog`lomligi uning barglaridan bilinadi. Bo`zatovning eri toza, tuprog`i unumdor, dorisi yo`q. Bo`zatov - Qorqalpog`istonning Shveysariyasi. Mana shu Shvesariyaga munosib bo`lib yashash kerak!" - deya hududga nisbatan o`z munosabatini bildirdi prezident.

Tashrif davom etadi. 

    Boshqa yangiliklar