Osiyo taraqqiyot banki O`zbekiston iqtisodiyoti bu yil 5,0%, kelasi yil 5,5% o`sishini kutmoqda. Avvalroq, bank mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2021 yilda 4% va 2022 yilda 5% gacha o`sishini qayd etgandi.
OTBning nashri mamlakat iqtisodiyotining 2021 yilning birinchi yarmida 6,2% ga o`sishini qayd etgan. Xizmat ko`rsatish sohasidagi o`sish 8% gacha tezlashgan.
Inflyasiya 2021 yilning birinchi yarmida sekinlashgan va o`tgan yilgi 13,9 % dan 10,9% gacha tushgan. OTB 2021 va 2022 yillar uchun inflyasiya prognozlarini mos ravishda 10% va 9% saqlab qoldi.

OTBning O`zbekistondagi mintaqaviy direktorining so`zlariga ko`ra, emlash dasturining amalga oshirilishi xalqni himoya qilish va mamlakat iqtisodiy o`sishini qo`llab-quvvatlash uchun muhim.






