O`zbekiston va Qirg`iziston tadbirkor ayollari o`rtasida “B2B” uchrashuvlari bo`lib o`tdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o`rtasida umumiy qiymati 13,2 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 15 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolandi.
Shartnomalar qurilish, sanoat, ishlab chiqarish, ta`lim, tekstil mahsulotlarini etkazib berish kabi turli tadbirkorlik sohalarini qamrab olgan bo`lib, O`zbekistonning «Tashpulat Stroy Invest» MChJ va Qirg`izistonning «Sky Industrial Group», Hyundai Construction», «Lift Sky Elevators» nomli kompaniyalari o`rtasida qurilish mollarini etkazib berish, Issiqko`l viloyatida kottedjlar va binolarga lift o`rnatish bo`yicha umumiy summasi 7 mln.AQSh dollariga teng katta qiymatli shartnomalar ayniqsa ahamiyatli.
O`zbekistonning «MUINOK TOUR» va Qirg`izistonning «ASTRA KIRGIZIYa» korxonalari o`rtasida imzolangan memorandum ikkala tomon davlatlari uchun turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikdagi muhim qadam bo`ldi.