AsosiyJamiyat

O`zgidromet: Hafta oxiriga kelib ob-havo keskin o`zgaradi

'O`zgidromet: Hafta oxiriga kelib ob-havo keskin o`zgaradi'ning rasmi

Hafta oxiriga kelib ob-havo keskin o`zgaradi.

Bu haqda "O`zgiromet" ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun O`zbekiston hududi Qozog`iston orqali Volga bo`yi hududlaridan kirib kelgan antitsiklon ta`siri ostida bo`ladi. Barcha hududlarda quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatining tog`li hududlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.

Respublikaning sharqiy hududlari va chekka shimoliy hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. O`tgan dam olish kunlariga nisbatan harorat 8-10° ga pasayadi va 23-28° atrofida bo`ladi, lekin bunday holat sentyabr oyining oxirgi kunlari uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlarga yaqindir.

Keyinchalik, sentyabr oyining oxirigacha O`zbekistonda kuchsiz va biroz shamollar bilan barqaror quruq ob-havo saqlanib turadi, tekis harorat fonida kechalari 10-15°, kunduz kunlari 23-28° atrofida bo`ladi. Faqat Qoraqalpog`iston bo`yicha 30 sentyabrda Rossiyaning Evropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan yangi sovuq havo kirib keladi va ob-havo o`zgaradi, yomg`ir yog`adi va kunduz kungi harorat 13-18° gacha pasayadi.

Oktyabr oyining birinchi kunlarida sovuq havo kirib kelishi O`zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shamol kuchayadi va harorat kechalari 7-12° gacha, kunduz kunlari 15-20° gacha pasayadi. Baland tog`larda yomg`ir qorga aylanishi mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar