“Xalqaro quturish kasalligiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan hududlarda targ`ibot tadbirlari o`tkazilmoqda. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikka rivojlantirish Davlat qo`mitasi xabar bermoqda.
Xususan, Navoiy shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi mutaxassislari tomonidan xududdagi ta`lim muassasalarida, shuningdek aholi vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazilib, hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurash borasida tushuntirish hamda tag`ribot ishlari olib borilmqoda.