AsosiyJamiyat

O`zbekistonda emlanishi kerak bo`lgan 18 yoshdan katta aholining yarmidan ko`pi 1-doza vaksinalarini oldi

'O`zbekistonda emlanishi kerak bo`lgan 18 yoshdan katta aholining yarmidan ko`pi 1-doza vaksinalarini oldi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinasiya boshlanganiga yarim yil bo`ldi.  

2021 yil 30 sentyabr holatiga ko`ra, yurtimizda emlanishi ko`zda tutilgan aholining yarmidan ko`pi, ya`ni 53,6 foizi koronavirusga qarshi birinchi doza vaksinalarini olib bo`lgan. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

1-doza vaksinalari bilan emlangan aholi soni 11 491 111  nafarga etgan.

Yurtimizda emlanishi ko`zda tutilgan 18 yoshdan katta aholi qariyb 21,5 million nafarni tashkil etadi.  

Eslatib o`tamiz, 28 sentyabrdan O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash yo`lga qo`yilgan. 

Boshqa yangiliklar