AsosiyJamiyat

O`zbekistonda shu kunga qadar jami 4,7 milliondan ortiq aholi koronavirusga qarshi to`liq emlandi

'O`zbekistonda shu kunga qadar jami 4,7 milliondan ortiq aholi koronavirusga qarshi to`liq emlandi'ning rasmi

5 oktyabrda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 256 888 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 108 586 nafarni,  
  • 2-bosqich emlanganlar 75 520 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 72 782 nafarni tashkil qildi.

 ️Ayni kungacha mamlakatimizda jami 21 292 009  doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 11 728 726 nafarni,  
  • 2-bosqichda emlanganlar 6 775 834 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 2 787 449 nafarni tashkil qildi.  

 

️Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 4 700 231  nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Surxondaryo viloyati (39 554 doza) ,
  • Xorazm viloyati (36 640 doza),
  • Toshkent viloyati (30 997 doza),

band qildi.

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

  • Farg`ona viloyatida 2 322 553 doza,  
  • Andijon viloyatida 2 286 707 doza,  
  • Namangan viloyatida 2 236 777 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar