2021 yilning 5-8 oktyabr kunlari “EkspoForum-Interneshnl” kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan X Peterburg xalqaro gaz forumi (PMGF–2021)da “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi delegasiya ham ishtirok etmoqda.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tayotgan X yubiley Peterburg xalqaro gaz forumida 2011 yildan buyon munatazam o`tkazib kelinmoqda. Ush forum har yili jahon hamjamiyatining etakchi vakillarini to`playdigan gaz sanoatining eng nufuzli biznes tadbirlaridan biridir.
Shuningdek, ushbu forum neft-gaz sohasidagi eng yirik xalqaro kongress va ko`rgazma loyihalarining TOP-5 ligiga kiritilgan.

Sankt-Peterburgdagi “EKSPOFORUM” kongress-ko`rgazma markazida o`tayotgan bu yilgi forum xalqaro gaz bozorining rivojlanishi va gaz sanoati rivojlanishining global tendensiyalariga bag`ishlandi.
Forum doirasida “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi boshligidagi delegasiyasi hamda “Gazprom” AJ, gaz sanoati uchun asbob-uskunalar va texnikalar ishlab chiqaruvchi “OMK” AJ va “TMK” AJ, gazni taqsimlash va gaz etkazib berish borasidagi yirik tashkilotlardan biri bo`lgan “ODK” AJ biznes vakillari bilan bir qator muzokaralar o`tkazildi.

Uchrashuvlarda tomonlar qo`shma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati va hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Delegasiya a`zolari bir qator ixtisoslashtirilgan ko`rgazmalarga ham tashrif buyurdi. Xususan, “InGAS Stream – Gaz tarmog`idagi innovasiyalar” xalqaro ko`rgazmasini va “Gaz motor yoqilg`isi” ko`rgazmasi bilan yaqindan tanishib chiqildi.

“O`zbekneftgaz” AJ delegasiyasining X yubiley Peterburg xalqaro gaz forumida ishtirok etishi, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish va O`zbekiston Respublikasi neft-gaz tarmog`ini xalqaro hamjamiyatga taqdim etish imkonini berdi.
Eslatib o`tamiz, ushbu Forum doirasida 90 ta turli formatdagi tadbirlar o`tkaziladi va konferensiyalarda o`zaro muzokaralardan tashqari, aniq qarorlar, turli loyihalar borasida tomonlar o`zaro kelishuvlarga erishadilar.







