Kecha o`tkazilgan saralash o`yinlaridan keyin jahon chempionatiga yo`llanmani qo`lga kiritgan terma jamoa ma`lum bo`ldi.
Jahon chempionati saralash bosqichining 8-turi doirasida Shimoliy Makedoniyani 4:0 hisobida “taslim” etgan Germaniya milliy terma jamoasi muddatidan avval yo`llanmani naqd qildi.
Xans-Diter Flik shogirdlari 21 ochko bilan o`z guruhining yaqqol peshqadamiga aylanib, ikkinchi o`rindagi Ruminiyadan 13 ochko ilgarilab ketdi. Bu Germaniyani Qatardagi jahon chempionatida ishtirokini ta`minladi.
Ma`lumot o`rnida aytib o`tamiz, Germaniya terma jamoasi saralash o`yinlarida so`nggi ikki uchrashuvini Lixtenshteyn (11 noyabr) va Armanistonga (14 noyabr) qarshi o`tkazadi.
Izzatbek ABDUVAHOBOV