Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga roppa-rosa 12 kun qoldi.
Tabiiyki, bu davrda insonlarda turlicha savollar tug`iladi.
Markaziy saylov komissiyasi shunday savollardan biriga javob berdi.
– Saylov byulleteni buzib qo`yilganda yangisiga almashtiriladimi?
– Ha, almashtiriladi. Buzib qo`yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko`ra uchastka saylov komissiyasi tomonidan yangisiga almashtirilishi mumkin. Buzib qo`yilgan saylov byulletenlari hisobga olinib, bekor qilinadi va alohida saqlanadi.