Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasida faoliyatini qachon yakunlanishi haqida berilgan savollarga javob qaytardi.
"Menimcha, terma jamoadagi faoliyatimni tugatish vaqti kelmagan. Bu borada odamlar nimani xohlashlari muhim emas, muhimi men nimani xohlayotganim. Qachonki yuugurishga kuchim qolmaganini his qilsam, darvoza tomon zarba berishga qiynalsam va terma jamoaga foyda keltira olmayotganimni bilsam yakuniy qarorga kelaman.
Hozirda menda hammasi mavjud. Chunki menda hali ham motivasiya bor. Motivasiya eng muhimi hisoblanadi.
Siz hozir Portugaliya terma jamoasi haqida gapiryapsiz. Lekin menChempionlar ligasida eng ko`p gol, eng ko`p g`alaba, golli uzatmaga egaman. Shunga qaramay men davom etmoqchiman. Men futbol o`ynashni yaxshi ko`raman. Odamlarni xursand qilish esa engyoqimli jihatdir", - deya Ronalduning so`zlarini keltiradi Sky Sports.