Apple kompaniyasi o`tgan yil davomida eski iPhone va iPad’lardan 2204 funt (bir tonnadan ortiq), narxi 40 million dollarni tashkil etuvchi oltin oldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Oltin eng yaxshi elektr o`tkazuvchi vazifasini o`taganligi uchun elektronikada unumli foydalaniladi. 2015 yil mobaynida 90 million funtlik yaroqsiz telefonlardan Apple kompaniyasi qayta ishlash uchun 61 million telefonga etadigan oltin oldi.
Eski gadjetlar ichidan oltindan tashqari, 27 ming tonna kumush, mis, alyumin va shisha moddalari olingan. Apple so`nggi yillarda yaroqsiz mahsulotlarni qayta ishlash bo`yicha yaratilgan maxsus dasturning hajmini oshirdi. iPhone Reuse and Recycle maxsus dasturi avvaliga kompaniya tomonidan 2013 yilda AQSh, Kanada, Avstraliya va Evropada qo`llangan.
Odamlar eski gadjetlari ustiga pul to`lab, yangi model, masalan iPhone 5, iPhone 5s va iPhone 5c’ni sotib olishlari yo`lga qo`yilgan. Keyinchalik ushbu dasturning geografik ko`lami kengaygan.