22 oktyabr kuni Oltiariq tumani IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Uzumchi MFY yashovchi A.I.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, molxonasi tom qismida “marixuana” giyohvandlik vositasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan. Bu haqdi viloyat IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ko`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.