Ba`zi bir mashhur aktyor va aktrisalar rolga kirishib ketganlaridan, filmni suratga olish ishlari yakunlangan bo`lsa ham obrazdan chiqolmay, kinodagi muhabbatlarini hayotga ko`chirishadi. Ekrandagi juftlik obrazini hayotda davom ettirishadi. AdMe.ru nashri birinchi dubldanoq sevib qolish mumkinligini sizga isbotlab beradi va mashhur yulduzlarning romantik sevgi tarixidan sizlarni xabardor qiladi.
Rayan Gosling va Eva Mendes
“Qarag`ay soyasida” nomli kriminal dramada juftlik rolini ijro etgan Rayan va Eva bir-biriga o`rganib qolganidan suratga olish ishlari tugagandan keyin ham uchrasha boshladilar. Eva o`zini “ona bo`lishga arzimaydigan xudbin” deb atagan bo`lsa-da, ularning oilasida Esmeralda Amanda ismli qiz voyaga etmoqda. Eva yaqin kunlarda yana ona bo`lish arafasida.
Bred Pitt va Anjelina Joli
“Janob Smit va Smit xonim” filmidagi iliq munosabatlar s`yomka maydonidan tashqarida ham davom etdi. Hammasi ertakdagidek yakunlandi, mana ular 11 yildan beri birga baxtli oila bo`lib, 6 farzandni voyaga etkazishmoqda.
Jonni Depp va Ember Xyord
“Romli kundalik” filmining suratga olish maydonchasida Jonni o`zining ekrandagi jufti Ember Xyordni telbalarcha sevib qoldi va unga etishish uchun oilasidan ajrashdi. Gollivud qaroqchisining muhabbatiga erishishni 14 yil kutgan Vanessa Paradi unga erisholmadi. Ember esa ko`p o`tmay, unga turmushga chiqdi. Ember Jonnidan 23 yosh katta bo`lishiga qaramay, muhabbatdan sarmast holda baxtli hayot kechirishmoqda.
Chenning Tatum va Jenna Devan
“Bir qadam oldinga” filmi yakunida ular o`zlarining ajoyib raqslari bilan muxlislar qalbini zabt etishdi va suratga olish ishlari tugagandan keyin ham ajralmaslikka qaror qilishdi. Ular bir-birini juda e`zozlashadi, “Titanik” ruhida suratga olingan romantik filmlarni birgalikda tomosha qilishni yoqtirishadi. Qizlari Everli quyib qo`yganday otasiga o`xshaydi.
Joshua Dallas va Jinnifer Gudvin
Bu juftlikning muhabbati xuddi ertaklardagi kabi boshlandi. “Ertakda kunlardan bir kun” serialida Oppog`oy va Go`zal shahzodaning ideal munosabatlarini ko`rsatib bergan ikki yosh, hayotda ham serial qahramonlaridan qolishmadi. S`yomka oralig`idagi tanaffuslarda Joshua Jinnini shamoldan to`sib, ehtiyotladi. Yaqnda ularning ikkinchi farzandi dunyoga keladi.
Rayan Reynolds va Bleyk Layvli
“Yashil fonus” filmida mahbuba rolini ijro etgan malla soch Bleyk hayotda ham Rayanning jozibasi oldida dosh berolmadi. Rayan sevgilisiga erishish uchun Skarlet Yoxanssondan, Bleyk esa Di Kapriodan voz kechdi. Hozir ular baxtli hayot kechirishmoqda.
Kurt Rassel va Goldi Xoun
“Bortdan tashqarida” nomli mashhur komediya yana bir juftlikning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Bu qahramonlar obrazini yaratgan aktyorlar tahsinga loyiq. Mana ular 33 yildan birga baxtli hayot kechirishmoqda. Ularning ikki farzandi bor.
Deniel Kreyg va Reychel Vays
Agar ular “Orzular uyi” filmida hamkorlik qilishmaganda hamon do`stlik munosabatlarini saqlab qolgan bo`lishardi. Uzoq davom etgan aloqaning nihoyasi to`y bilan yakunlandi. Buyog`i nima bo`lishini endi vaqt ko`rsatadi.
Liam Xemsvort va Mayli Sayrus
Bu juftlikning sevgi tarixi haqiqiy kinoni eslatadi. Liam va Mayli “So`nggi qo`shiq” filmida yosh romantik qahramonlarni gavdalantirgan bo`lsalar, tuyg`ular kadrdan hayotga ko`chdi. Ular bir marta ajrashishga ham ulgurishdi, ammo haqiqiy his-tuyg`ular barcha to`siqlarni engdi va yana birlashdi.
Xeyden Kristensen va Reychel Bilson
“Teleport” fantastik filmi bu juftlikning hayotida tub burilish yasadi. Mana 9 yildan beri ular birga Brayer Rouz ismli qizaloqni voyaga etkazishayotganiga qaramay, munosabatlarini hamon qonuniylashtirmagan.
Xaver Bardem va Penelopa Krus
“Viki, Kristina, Barselona” melodramasidagi qaynoq muhabbat shunchaki kino bilan birga tugamadi. Ispanlarga xos otashin muhabbat egalari bugungi kunda Gollivudning eng namunali oilalaridan biriga aylangan. Penelopa ona bo`lganidan quvonchda bo`lsa, Xaver esa rafiqasi tufayli bu baxtga erishganidan mamnunligini bildirgan.
Tom Xenks va Rita Uilson
Bu aktyorlar uzoq yillardan beri tanish bo`lsa-da, “Ko`ngillilar” filmidagi hamkorlik ularning o`rtasida muhabbat paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Sevgisiga erishish uchun Rita unashtirilgan yigitidan voz kechib, Tomning xotinidan ajrashishini 3 yil kutdi. 28 yillik turmushlari davomida ular bir-birlarining g`amlariga ham, muhabbatlariga ham sherik bo`ldi. Rafiqasining kasallikni engishi uchun Tom qo`lidan kelgancha uni qo`llab-quvvatlamoqda. Mana buni haqiqiy muhabbat desa bo`ladi.
Kit Xarington va Rouz Lesli
“Taxtlar o`yini” filmining ikki yarim mavsumi davomida hammani dimog`dor Jon Snouni kim o`ziga bo`ysundirar ekan degan savol qiynadi. Filmda bu ishni malla soch, yovvoyi qiz Igritt amalga oshirdi. Muxlislar film shu bilan yakun topishiga ishonmay to`g`ri qilishgan. Chunki 2016 yilning 4 aprel kuni bu juftlik qo`l ushlashib, baxtdan sarmast bo`lgancha Olivier Awards qahvaxonasida paydo bo`lishdi. Ularning hayoti serial qahramonlarining hayoti kabi baxtli yakun topishiga umid qilamiz.