Xabaringiz bor, Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boks bo`yicha jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
-67 kg vazn toifasida bokschimiz Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev chorak final bahsida yaponiyalik Sevonres Okazavaga qarshi jang o`tkazdi. Jang uch raund davom etdi. Hakamlar qaroriga ko`ra, hamyurtimiz yaponiyalik bokschiga imkoniyatni boy berib qo`ydi.
Shu tariqa, Asadxo`ja ham musobaqani muddatidan oldin tark etadi.