OFK Kubogi finaliga qadar etib kelgan “Nasaf” futbol klubining Coca-Cola Superliga doirasidagi “Surxon” va “Qo`qon-1912” jamoalariga qarshi uchrashuvlari boshqa sanalarga qoldirilgandi.
O`zPFL mavsum cho`zilib ketishining oldini olish maqsadida O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanesga murojaat bilan chiqdi hamda FIFA kunlari vaqtida “Nasaf” ishtirokidagi uchrashuvlarni tashkil etish masalasida kelishuvga erishdi. Natijada biz Superliganing so`nggi ikki turi hamda O`zbekiston Coca-Cola kubogi doirasidagi qolgan uchrashuvlarni o`z vaqtida tashkil etish arafasidamiz. Yuqoridagi ikki qoldirilgan uchrashuv FIFA kunlarida o`tmasa, so`nggi tur bellashuvlari bir vaqtda bo`lib o`tishi shartligidan kelib chiqib, mavsumni yakunlash yanada cho`zilib ketishi mumkin edi.
Demak, 19-turdan o`rin olgan “Surxon” — “Nasaf” uchrashuvi 11-noyabr kuni, 24-tur uchrashuvi bo`lgan “Nasaf” — “Qo`qon-1912” o`yini esa 15-noyabr kuni o`tkaziladi. Bu haqda PFL xabar berdi.
O`zbekiston Professional futbol ligasi vaziyatni to`g`ri tushungani uchun milliy terma jamoa bosh murabbiyiga o`z minnatdorchiligini bildiradi.
19-tur
11-noyabr, payshanba
15:00 SURXON — NASAF
24-tur
15-noyabr, dushanba
16:00 NASAF — QO`QON-1912.